13:33 / 21.07.2015
3128

«O‘zbekkino» Milliy agentligi «PROlogue» festivalining logotipi uchun tanlov e'lon qildi

«O‘zbekiston Respublikasida 2015 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi» ijrosini ta'minlash maqsadida «O‘zbekkino» Milliy agentligi hamkor tashkilotlar bilan birga «PROlogue» – yosh kinoijodkorlar tomonidan suratga olingan qisqa metrajli filmlar Respublika festivalini tashkil etish bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda.

«Yoshlar haftaligi» doirasida 2015 yilning 16-21 noyabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan «PROlogue» festivalini tanitish, targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish maqsadida «O‘zbekkino» Milliy agentligi tadbir logosini ishlab chiqish bo‘yicha tanlov e'lon qiladi. Bu haqda agentlik saytida ma'lum qilingan.

Mazkur tanlovda barcha xohlovchilar ishtirok etishi mumkin. G‘oyalar va loyihalar orasidan eng yaxshisi saralab olinadi hamda g‘olib rag‘batlantiriladi. Tanlov natijalari «O‘zbekkino» Milliy agentligi rasmiy veb-saytida e'lon qilinadi.

Ijodiy ishlar 2015 yil 1 avgustga qadar prologue@uzbekkino.uz manziliga yuborilishi lozim.

Top