06:56 / 21.07.2015
3282

Parijda shahar plyajlari ochildi

Fransiya poytaxti Parijda 20 iyul kuni “Parij plyajlari” festivali ochildi. Sena daryosi va La-Villet sun'iy ko‘li sohillari besh tonna qum bilan qoplandi. Parij markazi bir oyga palma va shezlonglarga ega “plyajlar makoni”ga aylanadi.

Ushbu festivalga 2002 yilda asos solingan. U xalqaro darajada juda ommalashib, bunday festivallar Berlin va Madridda o‘tkazila boshlandi. Ushbu festivalning o‘tkazilishiga 2 mln yevro sarflanmoqda.

19 iyul kuni Parij meri Ann Idalgo o‘zining tvitterdagi sahifasida festivalning ochilishiga ko‘rilayotgan oxirgi tayyorgarliklar haqida ma'lumot berdi. Plyajlar 23 avgustgacha ishlaydi.

Festival dasturidan o‘nlab tadbirlar, jumladan, konsertlar, tanlovlar va raqs kechalari o‘rin olgan. Plyajlarda voleybol va basketbol bilan shug‘ullanish mumkin.

Top