08:21 / 21.07.2015
2464

PayPal to‘lov tizimining eBay`dan ajralib chiqishi jarayoni o‘z nihoyasiga yetdi

PayPal kompaniyasi eBay`dan ajralib chiqishi jarayoni o‘z nihoyasiga yetganini ma'lum qildi va mustaqil kompaniya maqomini oldi.

Kompaniya aksiyalari Nasdaq birjasida “PYPL” savdo kodi bilan joylashtiriladi. Bu voqeani nishonlash maqsadida PayPal rahbarlari o‘z xodimlari va mijozlari bilan birga Nasdaq birjasida PayPal yozuvi yozilgan tugmani bosib, savdo sessiyasining boshlanishini bildiruvchi qo‘ng‘iroqni chalishdi.

2014 yilda PayPal tomonidan qayta ishlangan to‘lovlarning umumiy hajmi 235 mlrd dollarni tashkil qilib, bu kompaniyaga 8 mlrd dollardan ko‘proq foyda olishga imkon bergan. Bundan tashqari, o‘tgan yili PayPal tomonidan qayta ishlangan mobil to‘lovlarning umumiy hajmi 46 mlrd dollarni tashkil qilgan. Kompaniya butun dunyo bo‘ylab 203ta bozorda 169 mlndan ko‘proq faol akkauntlarga xizmat ko‘rsatadi.

Top