15:02 / 21.07.2015
2570

Putin tarif va monopoliya xizmatlarini birlashtirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin federal tarif xizmatini federal aksilmonopoliya xizmati bilan birlashtirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati axborot berdi.
Birlashgan idorani monopoliya xizmatining amaldagi rahbari Igor Artemev boshqaradi.
Ikki strukturani birlashtirish tashabbusini bosh vazir Dmitriy Medvedev ilgari surdi. Uning so‘zlariga qaraganda, bu qadam aksilmonopoliya idoralari faoliyati samaradorligini oshirishi mumkin.

Top