14:17 / 21.07.2015
2187

Qonunchilik Palatasida ijtimoiy himoya muhokama qilindi

O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Jamiyat” gazetasi xabar bermoqda.
Yig‘ilish chog‘ida mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari M. Xo‘jayeva, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzuridagi nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi direktorining o‘rinbosari Z. Bekmurodov va boshqalar chiqish qilishdi.
Ular, xususan, aholining barcha qatlamlarini kuchli, aniq va manzilli tarzda himoyalash masalalari davlatning doimiy e'tiborida ekanligini ta'kidladi.
Shuningdek, tadbirda “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun ijrosini to‘liq va sifatli ta'minlash yuzasidan fikr almashildi.

Top