00:01 / 21.07.2015
4938

Shveytsariya politsiyasi Blatterning ustidan pul sochgan komik aktyorni hibsga oldi

Shveytsariya politsiyasi FIFA prezidenti Yozef Blatterning ustidan pul sochib, u olib borayotgan matbuot-anjumanini buzgan taniqli britaniyalik komik aktyor Li Nelsonni hibsga oldi.

Blatter matbuot-anjumani zaliga kirib kelib, endi o‘rindig‘iga o‘tirganda aktyor uning yoniga kelib uning ustidan bir pachka pulni sochib yuborgan. Oqibatda matbuot-anjumani bir necha daqiqaga to‘xtatib qo‘yilgan.

Top