15:12 / 21.07.2015
2573

Toshiba kompaniyasi prezidenti moliyaviy mojarolar tufayli iste'fo berdi

Toshiba Corp. prezidenti Xisao Tanaka hamda kompaniya vitse-prezidentlari Norio Sasaki va Atsutoshi Nishida tashkilot hisobotlarida firibgarlik qilingani bilan bog‘liq mojarolar haqida ma'lumotlar oshkor qilinganidan keyin iste'foga chiqdi. Bu haqda Kyodo News xabar bergan.

Mustaqil tekshiruv xulosalariga ko‘ra, Toshiba kompaniyasi so‘nggi 6 yil davomida oshirib ko‘rsatgan daromad miqdori 158 mlrd iyenni (1,2 mlrd dollar) tashkil qilgan. Tekshiruvchilarning qayd etishicha, kompaniya rahbarlari shu 6 yil mobaynida ayrim bo‘linmalar va sho‘'ba korxonalarga bajarib bo‘lmas darajadagi moliyaviy rejalar talabini qo‘ygan. Natijada, bu talablar hisobotlardagi ko‘zbo‘yamachiliklarga sabab bo‘lgan.

Ma'lum qilinishicha, Xisao Tanakaning o‘rnini sentabr oyidan boshlab direktorlar kengashi raisi Masasi Muromati egallaydi.

Top