12:53 / 21.07.2015
4216

Toshkentda piyodani urib ketgan haydovchi jabrlanuvchining mastligini ko‘rib, uni yarim yo‘lda tashlab ketdi

16 iyun kuni Toshkentning Yunusobod tumanida Cobalt mashinasi haydovchisi piyodani urib yubordi. U jabrlanuvchini mashinaga olib, shifoxona tomon yo‘l oldi. Ammo yarim yo‘lda uning mastligini va hech narsani tushunmayotganini tushunib, “Uch qahramon” nazorat posti yaqinida tashlab ketdi.

Jabrlanuvchini topib olgan fuqarolar uni Tez tibbiy yordam markaziga yetkazishdi. Markaz xodimlari voqea haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berishdi. O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida jinoyatchi aniqlanib, qo‘lga olindi.
Toshkent IIB qidiruv bo‘limi rahbari podpolkovnik N. Yo‘ldoshevning “Na postu” gazetasiga bergan intervyusida aytilishicha, haydovchi jabrlangan piyodaga o‘z vaqtida birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatib, uni shifoxonaga yetkazganida va 102ga qo‘ng‘iroq qilganida, bo‘lib o‘tgan ishda aybsiz deb topilishi mumkin edi. Negaki piyoda mast bo‘lib, yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tishga harakat qilgan. Ammo u jabrlanuvchini tashlab ketgani bois javobgarlikka tortildi.

Top