07:14 / 21.07.2015
3035

Turkiya Suruchdagi terakt tufayli Suriya bilan chegarasini mustahkamlaydi

20 iyul kuni Turkiyaning Suruch shahrida amalga oshirilgan terakt tufayli mamlakatning Suriya bilan chegaralarini qo‘riqlash ishlari kuchaytiriladi. Bu haqda Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘lu ma'lum qilgan.

"Biz qurolli kuchlar xizmati vakillari bilan yig‘ilish o‘tkazdik va kelgusida amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha gaplashib oldik. Suriya bilan chegaralarda uzoq muddatga mo‘ljallangan chora-tadbirlar joriy qilinadi", deydi bosh vazir matbuot anjumani vaqtida.

Eslatib o‘tamiz, 20 iyul kunining ikkinchi yarmida Suriya bilan chegaralar yaqinida joylashgan Suruch shahrida 18 yoshli terrorchi qiz o‘zini portlatishi natijasida 30 kishi halok bo‘lib, 100 nafardan ortig‘i tan jarohatlarini olishdi. Taxminlarga ko‘ra, bu terakt "IShID" tomonidan uyushtirildi.

Bu yerda sotsialist yoshlar jamiyati federatsiyasining 300ga yaqin yosh vakillari yashagan. Hurriet gazetasining xabar berishicha, portlash federatsiyaning talabalari bir necha oylar davomida “IShID” terrorchilik guruhi nazoratida bo‘lgan Suriyadagi Kobani shahrini tiklagani u yerga borishni rejalashtirayotganlari haqida matbuotga e'lon qilmoqchi bo‘lganlarida sodir etilgan.

Top