17:29 / 22.07.2015
2933

Buxoroda fermer xo‘jaligidan transformator o‘g‘irlagan jinoyatchi qo‘lga olindi

Buxoro viloyati Peshku tumani IIBga fermer xo‘jaligi rahbari ariza bilan murojaat qilib, noma'lum shaxs uning fermer xo‘jaligi hududida o‘rnatilgan transformatorni o‘g‘irlab ketganini ma'lum qilgan

Ichki ishlar xodimlari tomonidan jabrlanuvchi va guvohlar bilan tezkor-surishtiruv ishlari olib borildi. Amalga oshirilgan tadbirlar natijasida mazkur o‘g‘irlikni Romitan tumanida yashovchi 30 yoshli yigit sodir etganligi aniqlandi va u qo‘lga olindi.

Mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top