23:06 / 22.07.2015
2248

Checheniston va Krasnoyarskdagi avtohalokatlarda halok bo‘lganlar xotirasiga 23 iyul motam kuni deb e'lon qilindi

Checheniston rahbari Ramzon Qodirov respublika hududida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida halok bo‘lganlarning xotirasini yod etib, 23 iyulni respublikada motam kuni deb e'lon qildi.

Chechenistonning Veden tumanida “Gazel” mikroavtobusi jarlikka tushib ketgani oqibatida 11 kishi halok bo‘lgan.

Shuningdek, Krasnoyarsk o‘lkasida ham avtobus va yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Bu avtohalokatda ham 11 kishi halok bo‘ldi va 10 kishi jarohat oldi.

Avtohalokat 22 iyulga o‘tar kechasi Krasnoyarsk o‘lkasining Kozul tumanida, M-53 trassasining 701 km ida sodir bo‘ldi. Krasnoyarskdan Sharipovaga ketayotgan avtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan.

O‘lka rahbariyati avtohalokatda halok bo‘lganlar xotirasini yod etib, 23 iyulni motam kuni deb e'lon qildi.

Top