16:38 / 22.07.2015
2831

Chinozda telefon o‘g‘risi fosh etildi

Toshkent viloyati Chinoz tumani A.Islomov mahallasida noma'lum shaxs 23 yoshli fuqaroni qo‘rqitib, uning “Samsung” mobil telefoni ochiqdan-ochiq tortib olib, voqea joyidan yashiringan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan amalga oshirilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida, mazkur talonchilik jinoyatini mahalliy aholiga mansub, 23 yoshli yigit sodir etganligi aniqlanib qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top