10:52 / 22.07.2015
8488

Do‘stum Tolibonga taslim bo‘lish uchun bir hafta muddat berdi

Afg‘oniston prezidentining o‘rinbosari, mamlakatdagi o‘zbek jamoati yetakchisi general Abdulrashid Do‘stum mamlakat shimolidagi ayrim tumanlarda o‘rnashib olgan Tolibon kuchlariga taslim bo‘lish va tinchlik jarayoniga qo‘shilish uchun bir hafta muddat berdi. Bu haqda Do‘stumning matbuot kotibi Sulton Fayziy Khaama Press agentligiga ma'lumot berdi.
Fayziyning aytishicha, Do‘stum ushbu muxlatni prezident idorasi bilan kelishgan holda belgilagan.
Do‘stum Tolibonga qarshi kurashish uchun yaqinda o‘zining siyosiy raqiblaridan biri, Balx viloyati hokimi Ato Muhammad Nur bilan kuchlarini birlashtirdi.

Top