08:29 / 22.07.2015
13102

Ford tarixdagi eng serhasham F-150 pikapini yaratdi

Ford kompaniyasi Limited nomini olgan F-150 pikapining yangi versiyasini namoyish qildi. Kompaniya vakillari bu pikap ular ishlab chiqargan tarixdagi eng serhasham pikap bo‘lganini ta'kidlashmoqda.

Yangi model o‘ziga xos radiator panjarasi va kapotning chekkasida “Limited” yozuvi, old va orqa bamperlarda xromlangan qo‘shimcha detallar hamda 22 dyuymli alyumin g‘ildirak disklari bilan jihozlandi.

Bundan tashqari, pikap panoramali tom, asosiy yorug‘likning svetodiodli faralari va tutun chiqarish tizimining xromlangan patrubkalari bilan ta'minlandi. Mashinani kuzovning to‘rt xil rangdagi: Blue Jeans, Magnetic, Shadow Black va White Platinum Metallic ko‘rinishida xarid qilish mumkin.

Top