21:44 / 22.07.2015
5683

Iguain o‘ziga penalti tepa olmasligini aytgan muxlis bilan mushtlashib ketdi

“Napoli” klubi hamda Argentina terma jamoasi hujumchisi Gonsalo Iguain Ibitsadagi Pacha tungi klubi yonida o‘z muxlisi bilan mushtlashib ketdi.

Muxlis futbolchidan dastxat so‘radi, biroq Iguain unga rad javobini berdi. Bundan jahli chiqqan muxlis Gonsaloga penalti tepishni bilmasligini aytdi. Bu gap argentinalik futbolchiga yoqmadi va u muxlisga tashlandi. Atrofdagilar bu voqeani mobil telefoniga suratga ola boshladi va bu o‘yinchi battar asabiylashishiga olib keldi. Guvohlarning ma'lum qilishicha, futbolchi videoni o‘chirib tashlamagan kishining boshini yorishini ma'lum qilgan.

Ma'lumot uchun, Iguain yana bir argentinalik futbolchi Esekel Lavessi bilan Amerika kubogi musobaqasidan keyin Ispaniyaga dam olishga borgan. 

Top