14:01 / 22.07.2015
1666

Indoneziya hukumati vulqon uyg‘onishi tufayli Bali orolidagi aeroportni yopib qo‘ydi

Indoneziya hukumati Sharqiy Yava viloyatida vulqon uyg‘onishi tufayli mashhur kurort – Bali orolidagi xalqaro aeroportni vaqtinchalik yopib qo‘ydi. Detik portalining yozishicha, reyslar 22 iyul kechgacha amalga oshirilmaydi.
Bir oy mobaynida vulqonning uchinchi marta uyg‘onishi Osiyoning eng mashhur kurortlaridan birining aeroportini yopib qo‘yishga majbur qilmoqda. 9-12 iyul kunlari 900dan ortiq reys bekor qilindi, o‘n minglab odamlar oroldan chiqolmay qolib ketdi.

Top