11:14 / 22.07.2015
2757

International Champions Cup-2015 turnirida "MYu" "San-Xose Ertkueyks"ni mag‘lub etdi

22 iyul kuni AQSh va Avstraliya davlatlari mezbonligida o‘tayotgan klublar o‘rtasidagi International Champions Cup-2015 o‘rtoqlik turniri doirasidagi navbatdagi uchrashuvda Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi AQShning «San Xose» jamoasini 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Ushbu o‘yinda "MYu" jamoasining yangi a'zolaridan biri Memfis Depay gol urib, o‘z gollari hisobini ochdi.

Eslatib o‘tamiz, shu turnir doirasida 21 iyul kuni uchrashgan "Manchester Siti" va "Roma" uchrashuvida ham "shaharliklar"ning yangi a'zosi Rahim Sterling o‘zining ilk goliga mualliflik qilgandi.

SAN-XOSe ERTKUEYKS (AQSh) – MANCheSTeR YuNAYTeD (ANGLIYa) – 1:3 (1:2)
Gollar: 0:1 – Mata, 32, 0:2 – Depay, 37, 1:2 – Alash, 42, 1:3 – Pereyra, 61.

Top