16:42 / 22.07.2015
8478

IShIDga a'zo bo‘lish harom

Sudan ulamolari hay'ati Bosh kotibi Muhammad Usmon Solih, islom dinini niqob qilib, begunoh insonlarni, jumladan, yosh bolalar va ayollarni vahshiylarcha o‘ldirayotgan IShID terrorchi tashkiloti va shu kabi har qanday buzg‘unchi guruhlarga a'zo bo‘lish harom ekani haqida fatvo chiqarilganini ma'lum qildi.

Shuningdek, Muhammad Usmon Solih jurnalistlarni qiziqtirgan ayrim savollarga ham javob berdi. Jumladan, nega sudanlik ayrim yoshlar mazkur terrorchi tashkilotga a'zo bo‘lib qolayotgani borasida berilgan savolga javob berar ekan, adashgan aksariyat yoshlarning otalari Sudandan tashqarida ya'ni xorijda xizmat qilishini, shu sababli ular yaxshi tarbiya olmaganini ta'kidladi.

Suhbat so‘ngida Sudan ulamolari hay'ati yoshlarni noto‘g‘ri yo‘ldan qaytarish, ekstremizm va terrorizmning barcha kirdikorlariga qarshi kurashish hamda ular ongiga sof islom dini ta'limotlarini singdirish borasida tinimsiz harakat qilayotgani ma'lum qilindi.

Manba: muslim.uz

 

Top