07:58 / 22.07.2015
3712

Italiya prezidenti Italiyaning birinchi fazogir ayolini oliy mukofot bilan taqdirladi

Italiya prezidenti Serdjo Mattarella Italiyaning birinchi fazogir ayoli Samanta Kristoforettini “Italiya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun” Katta xoch ordeni bilan taqdirladi, deb xabar bermoqda Italiya prezidenti matbuot xizmati.

Fazogir ayolni Italiyaning eng oliy mukofotlaridan biri bilan taqdirlash marosimi 20 iyul kuni Rimdagi Kvirinal prezident saroyida bo‘lib o‘tdi.

Kristoforetti koinotga parvoz qilgan birinchi italiyalik va Yevropa koinot agentligining (YeKA) uchinchi fazogir ayoli bo‘ldi. 2014 yilning noyabrida Kristoforetti rossiyalik fazogir Anton Shkaplerov sardorligi ostida Soyuz TMA-15M kemasi asosiy ekipajining bortmuhandisi sifatida Xalqaro koinot stansiyasiga parvoz qildi. Kristoforetti ushbu ekpeditsiya davomida parvoz davomiyligi bo‘yicha ayollar o‘rtasida rekord natija o‘rnatdi, ya'ni u 199 kun 16 soat 42 daqiqa davomida parvozda bo‘ldi. Shu bilan birga Kristoforetti YeKAning eng uzoq davom etgan parvozni amalga oshirgan fazogiriga ham aylandi. Italiyalik fazogir ayol 2015 yilning 11 iyulida Yerga qaytib keldi.

Italiya prezidenti Kristoforettini yuqori mukofot bilan taqdirlash davomida Xalqaro koinot stansiyasidagi faoliyatni “xalqaro hamkorlikka teng yo‘q misol ekanligini” ta'kidlab o‘tdi.

Top