08:24 / 22.07.2015
1770

Kassano «Sampdoriya» bilan kelishuvga erishdi

Italiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Antonio Kassano "Sampdoriya" safiga o‘tish arafasida turibdi.

33 yoshli hujumchi klub bilan shartnoma borasida kelishuvga erishgan. Ushbu shartnomada Kassanoning o‘zini tutishi haqida band ham qayd etilgan.

Ushbu transfer to‘liq kuchga kirishi uchun "Sampdoriya" bosh murabbiyi Valter Zenganing rozilik bildirishi kutilmoqda. Shartnoma Yevropa ligasi saralash o‘yini o‘tganlan keyin imzolanishi mumkin.

Ma'lumot uchun, Kassano 2007 yildan 2011 yilgacha ham "Sampdoriya" sharafini himoya qilgandi. Shu yilning yanvar oyida "Parma" bilan shartnomasini bekor qilgach, u erkin agentga aylangan.

Top