18:05 / 22.07.2015
4183

Poroshenkoning fabrikasi sudda Rossiya soliq xizmatini yutib chiqdi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoga tegishli bo‘lgan qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi Roshen kompaniyasining Lipetskdagi fabrikasi noqonuniy faoliyat yuritgani sabab 2013 yilda to‘lanishi kerak bo‘lgan 35,5 mln rub. qo‘shilgan qiymat solig‘i miqdorida jarima to‘lashi borasida chiqarilgan qaror qonunga zid ravishda chiqarilgan deb topildi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar tarqatdi.

«Chiqarilgan sud qarori qonunga zid deb topilsin», — deyiladi bir oydan keyin kuchga kiradigan sud qarorida.

Federal soliq xizmati bir oy ichida mazkur ish yuzasidan apellyatsiya berishi mumkin.

Shunday qilib Lipetskdagi fabrika bo‘yicha ko‘rilgan ish kuzga qadar kechiktiriladigan bo‘ldi.

 

Top