13:41 / 22.07.2015
9291

Qarag‘andalik kirakash bir nechta ayolga OITS yuqtirdi

Qozog‘istonning Qarag‘anda shahrida istiqomat qiluvchi, OITS kasaliga chalingan kirakash ushbu xastalikni boshqalarga ham yuqtirishga qaror qildi. Buning uchun u ayollar bilan tanishib, ular bilan jinsiy aloqaga kirishgan. Bu haqda mahalliy 31 kanal xabar berdi.
Aytilishicha, shahardagi OITS markaziga murojaat qilgan bir talay ayollar aynan bir erkak haqida gapirib bergani shifokorlarning shubhasiga sabab bo‘lgan. Keyinchalik erkak buni ataylab qilgani aniqlandi.
Shunga qaramay, politsiyachilar hozircha uni jinoiy javobgarlikka torta olmaydi, negaki ayollardan hech biri uning ustidan rasmiy shikoyat arizasi yozmadi.
Erkak o‘z xastaligi haqida bilgan, ammo davolanishdan bosh tortib, giyohvand moddalar iste'mol qilishda davom etgan. Tirikchilik maqsadida u kirakashlik bilan shug‘ullangan va yo‘lda ko‘plab ayollar bilan tanishgan. Hatto ulardan ikkitasi bilan turmush qurishga ham ulgurgan. Birinchi ayol bilan 2010 yildan, ikkinchisi bilan esa 2014 yildan birga yashab kelgan.

Top