10:29 / 22.07.2015
2574

Qirg‘iziston musulmonlari ekstremistlar “reklama”sidan ogohlantirildi

Qirg‘izistonda farzandlari Suriya va Iroqqa ketib qolgan ota-onalar ularni ortga qaytarishda yordam so‘rab hukumatga murojaat qildi.
“IShID tarkibida bo‘lgan 421 fuqaromizdan 90 foizi mamlakatning janubiy qismi vakillaridir”, – dedi IIV vakili Jyengish Ashirbayev.
Jumladan, iyun oyida O‘sh viloyatidan 5 kishi Turkiya orqali Suriyaga o‘tib ketdi.
23 yoshli Dilorom Abdurahmonovaning 56 yoshli onasi Muhabbat Abdurahmonova o‘z xavotirini bildirib hukumat vakillariga murojaat qildi.
“Dilorom xorijda tikuv sexida ishlardi. Fevral oyida u menga qo‘ng‘iroq qilib, eri va ikki bolasi bilan Turkiyaga ketayotganini, u yerda yaxshiroq ish topganini ma'lum qildi. Shundan buyon u haqda hech narsa eshitmadim, ammo u oilasi bilan Suriyaga o‘tib ketganini sezib turibman”, – deydi keksa ayol.
Ashirbayev bergan ma'lumotlarga qaraganda, ayni kunlarda Suriyada qirg‘izistonlik 49 oila istiqomat qilmoqda.
Hukumat bu jarayonni to‘xtatish maqsadida turli choralar ko‘rmoqda. O‘tkazilgan tadbirlarda va tushuntirish ishlarida yoshlar ekstremistik guruhlarning “reklama”siga uchmaslikka chaqirilmoqda. Bunday guruhlar faoliyatiga aralashib qolganlar qattiq jazolanmoqda.

Top