16:17 / 22.07.2015
13373

Qozog‘istonliklarning Hajga borishiga cheklov qo‘yilishi sabablari tushuntirib berildi

Qozog‘iston madaniyat va sport vaziri Arslonbek Muhammadio‘g‘li mamlakat fuqarolarining Haj safarini amalga oshirish uchun Makkaga parvoz qilishining cheklanishi borasida tushuntirish berib o‘tdi. Bu haqda Today.kz nashri xabar bermoqda.
Cheklovlarning asosiy sababi, uning so‘zlariga ko‘ra, turistik firmalarning ishonchsizligidadir. Ayrim holatlarda xizmatning sifatsizligi tufayli odamlar ortga qayta olmay qolganlar.
“Agar biz Hajday jiddiy va muqaddas ishda ham shunday ish qilsak, odamlar davlat nima bilan shug‘ullanayapti deydi”, – ta'kidladi Muhammadio‘g‘li.
Shuningdek, u bugungi kunda ziyoratchilarning Makkaga safari masalasi sinchkovlik bilan o‘rganilayotganini ma'lum qildi.

Top