23:17 / 22.07.2015
2638

Qozonda poyezd va yuk mashinasi to‘qnashib ketdi

Qozonda poyezd va yuk mashinasi to‘qnashib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, yana ikki kishi shifoxonaga yetkazildi, deb xabar bermoqda Volgabo‘yi transport prokuraturasi o‘zining saytida.

“22 iyulda taxminan soat 13 larda Qozon stansiyasining ranjir parkida (yo‘lovchi vagonlari bilan texnik operatsiyalar bajarish uchun mo‘ljallangan stansiya yo‘llari parki – muh.) yo‘lovchi vagonlaridan iborat tarkib bilan manyovr ishlari amalga oshirilayotganda tarkibning oxirgi vagoni GAZ-53 yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida yuk mashinasida bo‘lgan ikki kishi halok bo‘ldi, yana ikki kishi shifoxonaga yetkazildi”, deb aytilmoqda prokuratura bergan xabarda.

Qayd etilishicha, YTHga uchragan yuk mashinasi yo‘lovchi poyezdlaridan choyshablarni yig‘ish uchun ishlatilgan.

Voqea yuzasidan prokuratura tergov olib bormqda.

Top