23:41 / 22.07.2015
2851

Rostov viloyatidagi dorixonalarning birida yaroqlik muddatidan 16 yil o‘tib ketgan dori vositalari topildi

Roszdravnadzor xodimlari Rostov viloyatining dorixonalaridan birida yaroqlik muddati 14-16 yil avval o‘z nihoyasiga yetgan dori-darmonlarni aniqlashdi.
Bu haqda boshqarmaning saytida chop etilgan matbuot bayonotida ma'lum qilindi.

Xususan, xabarda qayd etilishicha, dorixonada sotilayotgan “Erva Lanota” gomeopatik vositasining yaroqlik muddati 1999 yil avgustda, “Morgan-SO”, “Proteus”, “Diseptus” dori vositalarining yaroqlik muddati 2001 yil noyabrida tugagani aniqlandi.

Shuningdek, apteka “tibbiy qo‘llash uchun dori vositalari reyestriga kiritilmagan moddalardan dori vositalari ishlab chiqqan”.

Dorixonaga egalik qiluvchi yuridik shaxsga 120 ming rubl, korxona rahbariga 15 ming rubl jarima solindi.

Top