14:30 / 22.07.2015
46752

Toshkent avtosalonlarida Cobalt, Lacetti, Matiz mashinalarini bir kunda olib chiqish imkoniyati tug‘ildi

Toshkentning ayrim avtosalonlarida GM Uzbekistan mashinalarini navbatsiz sotib olish imkoniyati tug‘ildi.
“Sergeli-Avtotexservis” AJga tegishli Sirg‘ali avtosalonida Cobalt va Lacetti mashinalarining birinchi va ikkinchi pozitsiyalarini xorijiy valyutada sotib olish mumkin. Buning uchun to‘lovni AQSh dollarida amalga oshirish talab etiladi.

Mashinalarning narxi:

Cobalt, 1-pozitsiya – 27 727 000 so‘m;
Cobalt, 2-pozitsiya – 29 776 000 so‘m;
Lacetti, 1- pozitsiya – 32 621 000 so‘m;
Lacetti, 2- pozitsiya – 37 692 000 so‘m.

Ushbu narxlarni Markaziy bank kursi bo‘yicha AQSh dollariga o‘girib, tegishli miqdordagi mablag‘ni to‘lov sifatida kiritish lozim bo‘ladi.
Shuningdek, boshqa avtosalonlarga qo‘ng‘iroq qilganimizda, ularda Matiz va Malibu avtomobillarini navbatsiz sotib olish imkoniyati borligi ma'lum bo‘ldi.
Tahririyatdan: Shu o‘rinda, bu axborotni olishda uchragan qiyinchilikni inobatga olgan holda, avtosalonlar hamda mashina savdosi bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalarga rasmiy saytlarda narx-navo haqidagi ma'lumotlarni faol yangilab turish hamda telefon raqamlari orqali to‘liq axborot taqdim etish masalasini ko‘rib chiqishni taklif qilgan bo‘lar edik.

Top