22:56 / 22.07.2015
2423

Turk hukumati Suruchdagi teraktning fotosurati va videoyozuvlarini ijtimoiy tarmoqlardan olib tashlanishini talab qildi

Turk hukumati Suruchdagi teraktning fotosurati va videoyozuvlarini ijtimoiy tarmoqlardan olib tashlanishini talab qilmoqda, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

Ommaviy ijtimoiy tarmoqlar 22 iyul kuni Turkiyaning Shonliurf sudi tomonidan teraktga tegishli bo‘lgan materiallarni muomaladan olib tashlash haqida bildirish olishdi. Bu ko‘rsatma Twitter, Facebook va YouTube xizmatlariga nisbatan bildirilgan.

Qayd etilishicha, Tvitterdan boshqa barcha ijtimoiy tarmoqlar ushbu kontentni vaqtida o‘chirishga ulgurishgan. Biroq Tvitter buni amalga oshirmagani uchun Turkiya hududidan unga kirish bir necha soatga to‘sib qo‘yildi.

Ayni paytga kelib Tvitter ham turk hukumatining ko‘rsatmalarini bajardi va undan taqiqlovlar olindi.

20 iyulda terrorchi-xudkush Suruch shahrida portlovchi qurilmani harakat keltirgan. Portlash oqibatida 32 kishi halok bo‘lgan, 100 dan ko‘proq kishi jarohat olgan edi. Teraktni amalga oshirgan terrorchining shaxsi aniqlangan.

Top