14:59 / 22.07.2015
3612

Ukraina xavfsizlik xizmati Yanukovich oilasiga tegishli 5 mln dollarga band soldi

Ukraina xavfsizlik xizmati davlat g‘aznachilik xizmatida 110 mln grivna (4.99 mln dollar) pulga band soldi. Bu pullar “MAKO-Treyding” kompaniyasi hisobiga o‘tkazilishi kerak edi, kompaniya esa, o‘z navbatida, mamlakatning sobiq prezidenti Viktor Yanukovichning o‘g‘liga tegishli edi.
Interfaks agentligining yozishicha, mablag‘ni o‘tkazish haqidagi topshiriq adliya vazirligidan kelgan. Bundan xabar topgan xavfsizlik xizmati tezkorlik bilan moliyaviy amaliyotlarga band soldi.
“MAKO-Treyding” “Arselor Mittal Krivoy Rog” kompaniyasidan sud qaroriga binoan mablag‘ olishi kerak edi.

Top