00:47 / 22.07.2015
2338

Xitoyda suv ostida qolgan ko‘mir shaxtasida 15 konchi qolib ketdi

Xitoyning Xeyluntszyan viloyatida suv bilan to‘lgan ko‘mir shaxtasida kamida 15 nafar konchi qolib ketdi, deb xabar bermoqda Sinxua agentligi.

Qutqaruvchilar konchilarning aniq joylashgan o‘rnini aniqlay olmadilar, tog‘ jinslarining barqarorsizligi tufayli qutqaruv jarayoni juda sekin bormoqda. Biroq shunga qaramay, qutqaruvchilar bergan ma'lumotlarga ko‘ra, qonchilarni qutqarib olishga hali imkoniyatlar mavjud.

Agentlikning ma'lumotlariga ko‘ra, Xegan okrugidagi yiliga 150 ming tonna ko‘mir qazib chiqaradigan “Syuysyan” ko‘mir shaxtasi suv ostida qolgan. Shaxtaning suv ostida qolishiga bu tumanlarda to‘xtamasdan yog‘ayotgan jalalar oqibatida kelib chiqqan sel oqimi sabab bo‘lgan.

Top