02:43 / 22.07.2015
4194

Xitoyliklar 130 mln aholiga mo‘ljallangan megashahar qurmoqchilar

Xitoyda 130 mln kishidan ko‘proq aholiga va 132 ming kv km ga ega shaharlar birlashmasi paydo bo‘ladi, deb yozmoqda New York Times nashri.

Megashahar Djin-Tszin-Dji deb nomlanadi, ya'ni bu nom yirik aholi punktlari birlashmalari – Pekin, Tyantszin va Xebeyning toponimlarining bir qismlaridan tuzilgan.

Birlashmaning har bir shahri o‘z sohasi uchun javob beradi. Misol uchun, Pekin texnologiya va madaniyat uchun javob beradi, Tyantszinda texnologik tadqiqotlar olib boriladi. Xebey bo‘yicha hozircha qaror qabul qilinmagan, biroq u yerda katta bo‘lmagan ishlab chiqarishlar joylashtirilishi taxmin qilinmoqda.

Xitoy raisi Si Tszinpin ushbu birlashmaning yaratilishini ma'qulladi. Ushbu loyiha mualliflarining fikricha, loyiha “Xitoy iqtisodiy islohotlarining lokomotivi” bo‘ladi.

Ushbu g‘oyani amalga oshirish uchun hukumat ikkita muammoni: transport aloqasi va maktab va shifoxonlarning yetishmasligini hal qilishi kerak. Xitoyda yuqori tezlikdagi temir yo‘l aloqalari yuqori suratlar bilan rivojlanayotgan bir paytda, boshlang‘ich maktabda bir sinfda 65 tadan bola ta'lim olishi hollari hali ham tez-tez uchrab turadi.

Top