14:38 / 23.07.2015
9602

2015 yilning birinchi yarmida O‘zbekistonning eksport va import hajmi pasaydi

2015 yilning yanvar-iyun oylari bo‘yicha qilingan hisobotga ko‘ra, O‘zbekistonning eksport hajmi 6,359 mlrd dollarni tashkil etgan va o‘tgan yildagiga nisbatan 13,5 foizga kamaygan.

O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, bu boradagi o‘tgan yilgi ko‘rsatkich 7,22 mlrd dollarga teng bo‘lgan edi.

O‘z navbatida, joriy yilning birinchi yarmida O‘zbekistonning import hajmi 6,275 dollarni tashkil etgan holda o‘tgan yilning shu davri ko‘rsatkichlariga (2014 yilning yanvar-iyun oylarida 6,74 mlrd dollar) nisbatan 7,4 foizlik tushish qayd etildi.

Shu tariqa, birinchi yarim yillikda mamlakatning tashqi savdo aylanmasi 12,635 dollarga teng bo‘ldi va o‘tgan yildagi 13,96 mlrd dollarga nisbatan 9,3 foizlik pasayish qayd etildi.

Ta'kidlash joizki, bu ma'lumotlar O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmatining 2014 va 2015 yilning birinchi yarim yilliklari bo‘yicha hisobot xabarlaridan olindi.

Top