10:34 / 23.07.2015
4036

AQSh va Turkiya rahbarlari o‘rtasida telefon muloqoti o‘tkazildi

AQSh prezidenti Barak Obama va Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an o‘rtasida telefon muloqoti o‘tkazildi. Davlat rahbarlari asosan Turkiya va Suriya chegarasidagi mavjud holat xususida gaplashishgan.

Reyter nashri ma'lumotiga ko‘ra, Obama Turkiyaning milliy xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha tuzilgan dasturini ma'qullagan.

Rahbarlar Turkiya chegarasi orqali Suriya hududiga jangarilar safiga borib qo‘shiluvchilar oqimini to‘sish bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlashga kelishib olishgan.

Top