06:46 / 23.07.2015
4916

AQShda tuxum narxining oshishi bois tovuq ijarasi ommalashdi

AQShning Pensilvaniya shtatida istiqomat qiluvchi juftlik – Jyenn va Fil Tompkinslar mijozlarga tovuqlarni ijaraga olishni taklif qilmoqda. Bu mamlakatda tuxum narxining oshishi sharoitida yaxshi taklif sifatida baholanmoqda.

Reuters agentligining yozishicha, juftlik o‘z biznesini 2013 yili yo‘lga qo‘ygan. Ayni paytda 200 nafar mijoz ushbu taklifdan foydalanishga ulgurdi.

RentTheChicken.com loyihasiga bo‘lgan qiziqish tuxum narxining oshishi natijasida ortib bormoqda. Iyunda narxlar millionlab tovuqlarning qirilishiga olib kelgan parranda grippi tufayli 85 foizga oshdi.
Ijara narxi o‘rtacha 400 dollarni tashkil qiladi. Bu mijoz yashaydigan joyning uzoq-yaqinligiga qarab belgilanadi. Tompkinslar ikkita tuxum qiluvchi tovuqni 4-6 oyga, shuningdek, katak taklif qilishadi. Tovuqlar odatda haftasiga 8-14ta tuxum qo‘yadi. Ijara davri tugagach, mijozlar tovuqni sotib olishi yoki qaytarib berishi mumkin bo‘ladi.

Top