22:19 / 23.07.2015
18753

Bekxem meksikalik oilaga 100 ming dollar hamda oilaning har bir a'zosiga 10 yillik aloqa puli to‘langan iPhone sovg‘a qildi

Angliya va dunyo futboli afsonasi Devid Bekxem yana bir oliyjanob ishni amalga oshirdi. “Real Madrid”ning sobiq futbolchisi Fox kanalidagi Knock Knock Live ko‘rsatuvchida ishtirok etdi hamda meksikalik sobiq futbolchi Gonsalesning oilasini xursand qildi.

Ushbu ko‘rsatuvda mashhur insonlar katta miqdordagi pulga chek berish uchun kam ta'minlangan oilalarning uyiga mehmonga boradi. Bekxem meksikalik Viktor Gonsalesni tanladi.

Viktor professional futbol bilan shug‘ullangan bo‘lib, faoliyatini yakunlagach, oilasini ta'minlash uchun qurilishga ishga kirdi. Uning farzandlari o‘z otasi bilan bir oyda bir marotaba uchrashadi.

Bekxem 7 nafar kishidan iborat bo‘lgan oila bilan yaqindan tanishish uchun ularning uyiga mehmonga bordi. Devid o‘z tashrifi bilan barchani hayratda qoldirdi. Biroq futbolchining sovg‘alari ularni yanada xursand qildi.

Bekxem oilaning har bir a'zosiga 10 yillik aloqa uchun puli to‘langan yangi iPhone hamda oila bekasi Klaudiyaga 100 ming dollarlik chek solingan konvertni topshirdi.

Bu sovg‘alar oila a'zolarini befarq qoldirmadi va ular quvonch ko‘z yoshlarini tiya olishmadi.

Viktor Gonsales esa Devid Bekxem o‘zining sevimli o‘yinchilaridan biri ekanini aytdi. 

Sovg‘alarni topshirib bo‘lgach, Bekxem oila a'zolari bilan futbol o‘ynadi. 

Top