18:43 / 23.07.2015
2885

Di Kaprio tabiatni himoya qilish jamg‘armasi uchun 40 mln yevro xayriya mablag‘i yig‘di

Amerikalik mashhur aktyor Leonardo Di Kaprio yovvoyi tabiatni muhofaza qilish jamg‘armasi uchun 40 mln yevrodan ortiq xayriya mablag‘i yig‘ishga erishdi. Uning rahbarligidagi xayriya tashkiloti matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, bu mablag‘lar 22 iyul kuni Fransiyaning Sen-Trope shahrida o‘tkazilgan xayriya kechasida to‘plangan.

Ushbu kechada mashhur rassom Endi Uorxol va britaniyalik havaskor rassom Benksining qalamiga mansub qimmatbaho asarlar kim oshdi savdosiga qo‘yilgan. Shuningdek, Di Kaprio o‘zining Beliz yaqinidagi Blekdor Key orolidagi mulkini amerikalik tadbirkor Tom Barrakga pullagan.

Qolaversa, u bir qator kinofestivallarda ishtirok etish huquqini beruvchi hujjatlarni 1 mln yevro evaziga sotgan.
Ushbu xayriya kechasida Monako knyazi Alber Ikkinchi, fransiyalik mashhur aktrisa Marion Kotiyyar hamda amerikalik aktrisa Keyt Xadson ham ishtirok etgan.

Top