09:49 / 23.07.2015
3699

Dog‘istonda Love Is saqichlarining musulmoncha analoglari paydo bo‘ldi

Dog‘iston respublikasi hududida Love Is saqichlarining musulmoncha analoglari ishlab chiqarilmoqda. Bu haqda "Kazan onlayn" nashriga loyiha muallifi Renat Sadikov ma'lum qilgan.

Bunday saqichlar o‘ralgan qog‘ozda "Fuad va Samira oilasi" tasviri tushirilgan. Ular baxtli oila ramzi hisoblanishadi.
Muallifning fikricha, bu oila boshqalar uchun ibrat bo‘la oladi. Qog‘ozlardagi yozuvlarda bu oila tilidan musulmon juftliklarni birgalikda ibodat qilish, birgalikda ro‘za tutish va birlari bemor bo‘lganida, mehribonlik qilish haqidagi chaqiriqlar bitilgan.

Top