22:33 / 23.07.2015
5335

Peskov: Putin Berluskoniga vazir bo‘lishni taklif qilmagan

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putin Italiyaning sobiq bosh vaziri Silvio Berluskoniga vazir lavozimini taklif etgani haqidagi xabarni inkor etdi, deb xabar bermoqda “Interfaks” axborot agentligi.

“Ma'lumki, Putin va Berluskoni o‘rtasida anchadan beri do‘stona munosabatlar o‘rnatilgan. Ular bir-birlari bilan suhbatlashib turadilar, ular haqiqatda juda qadrdonlar. Va bu yerda gap Berluskonini ma'naviy qo‘llab-quvvatlash haqida ketmoqda va buni qandaydir rasmiy lavozimga rasmiy taklif sifatida emas, balki bir ko‘ngil ko‘tarishdek qabul qilinishi kerak”, deb izoh berdi Peskov.

Avvalroq Italiya OAVlarida Putin Berluskoniga Rossiyada vazir lavozimlaridan birini taklif qilgani haqidagi ma'lumot paydo bo‘lgan edi.

Top