01:53 / 23.07.2015
4086

Samvel Babayan: "Ikkinchi o‘yinda haqiqiy terma jamoani ko‘rasizlar"

O‘zbekiston MTJ - O‘zbekiston OTJ (1:1) uchrashuvidan so‘ng milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Samvel Babayan o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

"Juda yaxshi va qizg‘in kurashlarga boy o‘yin bo‘ldi. Har ikkala jamoa ham o‘zini yaxshi taraflama ko‘rsatmoqchi bo‘ldi. O‘yin rasmiy uchrashuv kabi o‘tdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Futbolchilar jon kuydirib, keskin o‘ynashdi. Bu uchrashuv terma jamoamizning optimal tarkibini aniqlab olishim uchun xizmat qiladi. Yaxshi va yomon taraflarimiz haqida ma'lumot oldik deb o‘ylayman. Ertaga o‘yinni tahlil qilib chiqamiz. Olimpiya terma jamoamiz bizdan ko‘ra yaxshiroq o‘ynadi? Yo‘q, men bunga qo‘shilmagan bo‘lardim. Vaziyatlar yaratishda, o‘yinni tashkil etishda ular hali biz bilan tenglasha olishmaydi. Ikkinchi bo‘limda ular hududiy ustunlikka erishishdi. Bu ko‘proq bizning tarkibimizda ko‘p futbolchilar o‘z pozitsiyalarida o‘ynashmaganlari bilan bog‘liq. Masalan ikkinchi bo‘limda biz tayanch zonasida bu pozitsiya o‘ynaydigan futbolchini o‘ynata olmadik. Agarda olimpiya terma jamoamiz ham yaxshi o‘yin ko‘rsatsa, bu yaxshiku. Demak O‘zbekiston terma jamoasining kelajagi bor. Ikkinchi uchrashuvda optimal tarkib tushadi va o‘shanda ko‘rasizlar", - deydi Samvel Babayan.

Manba: championat.asia

Top