01:21 / 23.07.2015
8307

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning miyasi nutqqa katta odamlarning miyasi kabi ta'sirlanadi

Olimlar yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning miyasi odam nutqiga katta odamlarning miyasi kabi ta'sirlanishini aniqladilar: bir necha kunlik chaqaloqlar tovushlar orasidan so‘zlarning muhim qismlarini ajrata olishlari ma'lum bo‘ldi.

Tilshunoslar va psixologlarning ta'kidlashicha, bosh miya nutqni qabul qilganda har bir so‘zning boshida va oxirida joylashgan bo‘g‘inlarga o‘ziga xos tarzda ta'sirlanadi, aynan shu bo‘g‘inlar o‘zida eng muhim ma'lumotni saqlaydi. Misol uchun, rus tilida so‘zlar boshida fe'lning ma'nosini o‘zgartiradigan turli oldqo‘shimchalar, so‘z oxirida esa suffikslar va fleksiyalar turishi mumkin, ular o‘zida ham azmuniy, ham grammatik yuklamani saqlashi mumkin.

Olimlar tajriba o‘tkazdilar va natijada quyidagini aniqladilar: yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning miyasi tovushlar oqimidan so‘zdagi bosh va oxirgi bo‘g‘inlarni ajrata olishga qodir bo‘lib, ularga alohida e'tibor qaratadi. Olimlar bir necha kunlik chaqaloqlarga 6 ta bo‘g‘indan iborat so‘z birikmasini eshittirib, so‘ngra undagi boshidagi va oxirgi bo‘g‘inlarni, o‘rtadagi bo‘g‘inlarni almashtirib yana bolalarga eshittirdilar. Bola miyasi faolligini o‘lchash natijalari quyidagilarni ko‘rsatdi: bolalar o‘rtadagi bo‘g‘inlar almashtirilganda ta'sirlanmaganlar, biroq boshidagi va oxiridagi bo‘g‘inlar almashtirilganda buni sezganlar. Tadqiqot mualliflarining fikricha, bu bolalar tug‘ilganidanoq ularning miyasi katta odamlarnikiga o‘xshash faollik namoyon qila boshlashini isbotlaydi.

Top