08:45 / 24.07.2015
2756

«Arsenal» direktori: Venger Messi yoki Ronaldudan boshqa istalgan futbolchini jamoaga olib kelish imkoniga ega

«Arsenal» direktorlar kengashi a'zosi Filip Xarris jamoaning transfer bozoridagi imkoniyatlari haqida gapirib o‘tdi.

«Emireyts»ga endi ko‘chib o‘tgan paytimizda pul bilan bog‘liq muammolar bor edi. Hozir esa ahvolimiz ancha yaxshi. Biz transfer bozorida dunyoning istalgan futbolchisini sotib olishimiz mumkin. Sotib olishning imkoniyati yo‘q futbolchilar bundan mustasno. Bankda 200 million funtdan ortiqroq pulimiz bor.

Agar Vengerga pulimiz yo‘qligini aytganimizda ham u xavotirga tushmasdi. Aksincha, biz unga 100 million ajratishimiz, u esa uni sarf qilmasligi ham mumkin. Hozircha o‘yinchi sotib olish rejamiz yo‘q, agar Arsen Mesut O‘zil yoki Aleksis Sanches kabi superyulduzlarni topmasa. U shunday o‘yinchini qidirmoqda, ammo bundaylar ko‘p emas.

Klub transfer rekordini yangilashida Vengerni qo‘llab-quvvatlashimiz mumkin. U xohlasa, yangi o‘yinchi sotib olishi mumkin. Messi va Ronaldudan tashqari istalgan futbolchisini xarid qilish mumkin.

Venger istayotgan futbolchilar ro‘yxati bor. Ro‘yxatning yuqori qismida hujumchi turibdi, ammo uning kimligini aytmayman. Avvalo o‘sha klub futbolchini sotishni istashi kerak. O‘ylashimcha, futbolchining o‘zi safimizga qo‘shilishni istaydi. Hamma narsa shunga bog‘liq bo‘lib qolyaptiki, u jamoa hujumchining o‘rniga boshqa superyulduzni topa oladimi yoki yo‘qmi.

Venger top-darvozabonni istadi, biz Petr Chexni xarid qildik. Sterling – juda yaxshi o‘yinchi, lekin «Arsenal» u bilan shartnoma imzolamaganidan xursandman. U «Liverpul»da yaxshi o‘ynab keta olmadi. Futbolchilar safimizga kelib qo‘shilishidan avval Venger katta hajmdlagi ishni amalga oshiradi. Arsen hech qanday ahmoqona ish qilmaydi», – deydi Xarris.

Qayd etish joiz, turli xabarlarga ko‘ra, "kanonirlar" jamoasi Benzema, Levandovski, Obameyyang va Lorente kabi hujumchilarga qiziqish bildirgan.

Top