00:20 / 24.07.2015
4062

Beeline’ning Qirg‘izistondagi ofisi bosh direktori avtohalokat holati bo‘yicha hibsga olindi

Rossiyaning Beeline uyali aloqa operatorining Qirg‘izistondagi vakolatxonasining bosh direktori Oleg Klochko avtohalokat holati bo‘yicha hibsga olindi, deb xabar bermoqda Bishkek Ichki ishlar boshqarmasiga iqtibos keltirgan holda “Novosti” axborot agentligi.

Klochko 22 iyul kuni joriy yilning fevral oyida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi sabab hibsga olindi.

Klochkoga “Yo‘l harakati va transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish” moddasi bo‘yicha ayblov qo‘yildi.

Voqea tavsilotlari aniqlashtirilmoqda.

Top