19:21 / 24.07.2015
4233

Bolgariyalik tennischi Dimitrov Mariya Sharapova bilan munosabatlariga chek qo‘yilganini tasdiqladi

Bolgariyalik tennischi Grigor Dimitrov rossiyalik tennischi Mariya Sharapova bilan ishqiy munosabatlariga chek qo‘yilganini tasdiqladi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

“Bizning yo‘llarimiz ayro bo‘ldi. Biz birga ajoyib lahzalarni boshimizdan o‘tkazdik. Men Mariyaga hayotida va faoliyatida katta baxt va zafarlar tilab qolaman”, deb aytdi Dimitrov.

2014 yilning oktabrida juftlikning ajralishi haqida ma'lumot berilgandi, biroq keyinroq bu ma'lumot inkor etilgan.

Sharapova va Dimitrov o‘rtasidagi munosabatlar 2012 yildan boshlangan edi.

Top