18:41 / 24.07.2015
15323

Dildora Niyozova nega to‘ylarga chiqmayotgani ma'lum bo‘ldi

“Darakchi” gazetasi taniqli xonanda Dildora Niyozova oxirgi paytlarda nega to‘ylarga takliflarni rad etayotganini ma'lum qildi.
Aytilishicha, ayni damda homilador bo‘lgan xonanda sentabr oyida farzand ko‘rishi kutilyapti. Bu vaqt orasida u “Ko‘rgim keladi” nomli yangi qo‘shig‘iga klip suratga oldirdi. Shuhrat Mavlonov rejissyorligidagi mazkur videoklip tez orada muxlislar e'tiboriga havola etiladi.

Top