14:48 / 24.07.2015
2351

Fernando Alonso eng ko‘p maosh oluvchi poygachi ekani aytildi

“Formula-1” musobaqalarida ishtirok etuvchi poygachilarning yillik daromadlari hisoblab chiqildi. Unga ko‘ra joriy mavsumda “Maklaren” klubi a'zosi Fernando Alonso 35 million yevro bilan eng ko‘p daromadga ega bo‘lgan poygachiga aylandi.

Ikkinchi o‘rinda “Ferrari” klubi piloti Sebastyan Fettel qayd etilgan. U bu yilgi mavsum uchun 28 million yevro oladi. Amaldagi jahon chempioni Lyuis Xemiltonning “Mersedes”dagi daromadi 25 million yevroga baholangan. Eng kam daromadga ega poygachi sifatida Roberto Meri e'tirof etilgan. Uning “Manor” klubidagi daromadi bor yo‘g‘i 50 ming yevro.

POYGAChILARNING YILLIK DAROMADI:

1. Alonso (“Maklaren”) – 35 million yevro

2. Fettel (“Ferrari”) – 28

3. Xemilton (“Mersedes”) – 25

4. Raykkonen (“Ferrari”) – 18

5. Rosberg (“Mersedes”) – 13,5

6. Batton (“Maklaren”) – 10

7-11. Massa (“Uilyams”) – 4

7-11. Xyulkenberg (“Fors Indiya”) – 4

7-11. Peres (“Fors Indiya”) – 4

7-11. Grojan (“Lotus”) – 4

7-11. Maldonado (“Lotus”) – 4

12. Bottas (“Uilyams”) – 2

13. Rikkyardo (“Red Bull”) – 1,5

14. Kvyat (“Red Bull”) – 0,75

15-16. Ferstappen (“Toro Rosso”) – 0,25

15-16. Sayns (“Toro Rosso”) – 0,25

17-18. Nasr (“Zauber”) – 0,2

17-18. Eriksson (“Zauber”) – 0,2

19. Stivens (“Manor”) – 0,15

20. Meri (“Manor”) – 0,05

Top