23:33 / 24.07.2015
15024

Jahonga mashhur ateist Stiven Xoking Xudoga ishondi

SalamNews turkiya Ommaviy Axborot Vositalariga tayangan holda xabar berishicha, 70 yoshli Stiven Xoking uzoq yillar davomida Xudoning mavjudligini rad qilib kelgan. Dunyoning eng aqlli insoni deb tan olingan olim "Kanal D" ga bergan intervyusida birinchi marotaba Xudoning mavjudligini tan oldi.
“Koinotning yaratilishi ilmiy haqiqatlarga asoslanadi. Ammo, bu uni yaratgan Xudoning yo‘qligiga dalil bo‘lmaydi”, - deydi u.
Eslatib o‘tamiz, Stiven Xoking 1942 yil 8 yanvarda Angliyada tug‘ilgan. 20 yoshida Oksford universitetini tamomlab, bakalavr darajasini olib, 24 yoshida Kembrij universitetida fan doktori darajasini himoya qilgan. Atoqli fizik, professor, o‘nlab mukofotlar sohibi.

Muxlis.uz / Dilmurod Bozorov tayyorladi

Top