18:42 / 24.07.2015
3399

Putin JCh-2018 saralash uchrashuvlari uchun qur'a tashlash marosimi vaqtida Blatter bilan uchrashadi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 25 iyul kuni Sankt-Peterburg shahrida 2018 yilgi jahon chempionati saralash uchrashuvlari uchun o‘tkaziladigan qur'a tashlash marosimida ishtirok etadi.

U bu tadbir doirasida FIFAning amaldagi rahbari Yozef Blatter bilan ham uchrashishni rejalashtirgan.

Ushbu marosim Rossiyada bo‘lib o‘tishi belgilangan mundial doirasidagi ilk tadbir hisoblanadi.

Marosim boshlovchilari modeler Natalya Bodyanova hamda teleboshlovchi Dmitriy Shepelev bo‘lishadi.

Shunindek, ushbu marosimda FIFA bosh kotibi Jyerom Valke hamda barcha konfederatsiyalarning prezidentlari ishtirok etishi kutilmoqda.

Top