22:38 / 24.07.2015
5397

Qozonda o‘zining yangi tug‘ilgan qizining o‘limiga sababchi bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol qo‘lga olindi

Qozonda o‘zining yangi tug‘ilgan qizining qotilligida gumon qilinayotgan 22 yoshli o‘zbekistonlik ayol hibsga olindi. Ayol o‘zining aybini to‘liq bo‘yniga oldi va aybiga iqror bo‘ldi.

Qizchaning jasadi 21 fevralda 7-sonli shahar klinik shifoxonasining panjarasiga ilib ketilgan ayollar sumkasi ichidan topilgan. Qayd etilishicha, chaqaloq sovuq yeyishdan halok bo‘lgan.

Ayol o‘z farzandini uy sharoitlarida tuqqanini aytgan. Ayol avval qizni tug‘uruqxonaga topshirmoqchi bo‘lgan, biroq buni qilishdan qo‘rqib, uni ko‘chada qoldirib ketishga qaror qilgan, deb xabar bermoqda Tatariston tergov qo‘mitasi boshqarmasi.

Top