10:44 / 24.07.2015
5299

Turkiya harbiy samolyotlari ilk marta IShID bazalariga zarba berdi

Turkiya Harbiy-Havo kuchlariga tegishli qiruvchi samolyotlar "IShID" jangarilari joylashgan hududlarga havodan hujum uyushtirdi. Bu haqda Reyter nashri xabar bergan.

Ma'lum qilinishicha, Suriya hududida turk samolyotlari jangarilarning 4ta nuqtasiga zarba bergan.

Eslatib o‘tamiz, 20 iyul kuni Turkiyaning Suriya bilan chegarasi yaqinidagi Suruch shahrida "IShID" a'zosi bo‘lgan jangari o‘zini portlatishi natijasida o‘nlab begunoh kishilar halok bo‘lgandi.

Top