06:56 / 24.07.2015
5737

Turkiya harbiylari “IShID” jangarilarining Suriya chegarasidagi pozitsiyalarini yo‘q qildi

Turkiya harbiylari “IShID” terrorchilik guruhi jangarilarining Suriya chegarasidagi pozitsiyalarini yo‘q qildi, deb xabar bermoqda NTV telekanali.

“IShID” tarafdorlarining turk chegarachilariga hujumi oqibatida bir nafar askar halok bo‘lib, yana bir necha nafari yaralangan edi. Jangarilar bilan chegarachilar orasidagi otishma Turkiyaning janubida joylashgan Kilis viloyatida yuz berdi. Bunga javoban turk armiyasi jangarilarning pozitsiyalariga qarata o‘t ochdi.

Kilis viloyati gubernatori Tapsiz Turk bergan ma'lumotlarga ko‘ra, otishma oqibatida jangarilar katta talofat ko‘rgan.

Top